🎓 YOSH BO‘LISH — YUKSAK MARRALARNI ZABT ETISHGA TO‘SIQ EMAS!
Ideal Study’ning 7-sinf o‘quvchisi To‘ychiboyeva Nigora C1 daraja sertifikatini qo‘lga kiritdi!
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Bog‘iston mahallasida istiqomat qiluvchi, hozirda Ideal Study xususiy maktabining 7-sinfida tahsil olayotgan To‘ychiboyeva Nigora Sobirjon qizi navbatdagi yutug‘i bilan barchani quvontirdi. U C1 daraja sertifikatini qo‘lga kiritib, yosh bo‘lishiga qaramay, katta natijalarga erishish mumkinligini yana bir bor namoyon etdi.
👏 Nigorani bu muvaffaqiyati nafaqat uning oilasi va ustozlari, balki butun Sirdaryo yoshlari uchun ham quvonchli voqeadir. Uning natijasi tinimsiz izlanish, qat’iyat va sifatli ta’lim orqali yuksak marralarni zabt etish mumkinligining yorqin namunasidir.
🎖 Sertifikatni topshirish marosimida Bilimni baholash agentligi mas’ul xodimi Baxtiyor Komilov hamda Agentlikning Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari Alisher Baxromov ishtirok etdilar. Ular Nigorani erishgan yutug‘i bilan tabriklab, kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar va bundan-da yuqori natijalar tiladilar.
✨ Ideal Study jamoasi Nigoraning ushbu yutug‘idan faxrlanadi va unga kelgusidagi ta’lim yo‘lida yanada katta zafarlar tilaydi!
Ideal Study — katta orzular va yuksak natijalar sari!