🐝 IDEAL STUDY’DA NAVBATDAGI MOCK TEST!
IDEAL STUDY xususiy maktabida xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili olimpiadalaridan biri — Spelling Bee olimpiadasi bo‘yicha navbatdagi Mock Test tashkil etildi.
📌 Har shanba kuni o‘tkaziladigan ushbu sinovlar o‘quvchilarga olimpiada muhitini oldindan his qilish, bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rish hamda o‘z ustida yanada ko‘proq ishlash imkonini beradi. Shuningdek, ular imtihon jarayonidagi hayajonni yengish, tezkor fikrlash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga yordam beradi.
🌍 Har bir sinov — xalqaro maydon sari tashlangan yana bir qadam. O‘quvchilarimizning muntazam tayyorgarligi va intilishi kelajakdagi katta natijalar uchun mustahkam poydevor yaratadi.
🎯 Maqsadimiz — xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalarga erishadigan, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan chempionlarni yetishtirish!