♟ IDEAL STUDY’DA VILOYAT OCHIQ SHAXMAT CHEMPIONATI O‘TKAZILDI!
Bugun Ideal Study xususiy maktabida Sirdaryo viloyati shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida viloyat ochiq shaxmat chempionati tashkil etildi.
♟ Musobaqada viloyatimizning turli hududlaridan jami 92 nafar ishtirokchi qatnashib, o‘zaro kuch sinashdi. Chempionat ishtirokchilari yosh toifalariga ko‘ra ikki guruhga — 5–9 yosh hamda 9–15 yosh toifalariga ajratildi.
🧠 Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyati, strategik yondashuvi va shaxmat taxtasidagi mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqa yosh shaxmatchilar uchun tajriba orttirish, o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish va yangi marralar sari intilish imkoniyatiga aylandi.
🏆 Chempionat yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Shuningdek, musobaqada ishtirok etgan barcha qatnashchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
✨ Ideal Study’da yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, bilim va mahoratini namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.