AVSTRALIYA TA’LIM TIZIMI — IDEAL STUDY’GA KELMOQDA!
Xalqaro · AVSTRALIYA
Ideal Study maktabimiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan maxsus seminar va yig‘ilish tashkil etildi. Unda maktabimiz nomidan yoshlar masalasi va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari To‘polonbek Islomqulov rasmiy tarzda ishtirok etdi.
Seminar davomida SCSA — School Curriculum and Standards Authority ta’lim tizimi taqdim etildi. SCSA — G‘arbiy Avstraliyada o‘quv dasturlari, ta’lim standartlari va baholash mezonlarini belgilovchi rasmiy tizim bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, amaliy ko‘nikmalari va zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
🤝 Eng muhim yangilik — ushbu xalqaro ta’lim yondashuvlarini Ideal Study ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha hamkorlik boshlandi!