Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi

🎙 IDEAL STUDY’DA ILK DEBAT: USTOZLAR BAHSLASHDI, O‘QUVCHILAR KUZATDI!

Ideal Study xususiy maktabida o‘quvchilarni debat madaniyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ilk debat tadbiri tashkil etildi.

Bu safar bahs maydonida o‘quvchilar emas, ustozlarimiz ishtirok etishdi. O‘quvchilar esa ularni qo‘llab-quvvatlab, bahslarni katta qiziqish bilan kuzatib borishdi. 👏
Debat jarayonini maktabimiz direktori baholab bordi. Ustozlarimiz o‘z fikrlarini dalillar bilan asoslash, qarshi tomonning fikriga munosabat bildirish va o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish orqali o‘quvchilarga haqiqiy debat namunasini ko‘rsatdilar.
🎯 Maqsadimiz — o‘quvchilarimizni mustaqil fikrlaydigan, fikrini erkin ifoda eta oladigan va har qanday masalaga turli nuqtayi nazardan qaray oladigan yoshlar etib tarbiyalash.
Bu hali boshlanishi! Kelgusi debatlarda o‘quvchilarimizning o‘zlari ham bahs maydoniga chiqishadi.

Rasmlar

Yangiliklar

Boshqa yangiliklar

🐝 IDEAL STUDY’DA NAVBATDAGI MOCK TEST!

IDEAL STUDY xususiy maktabida xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili olimpiadalaridan biri — Spelling Bee olimpiadasi bo‘yicha navbatdagi Mock Test tashkil etildi.

Batafsil