Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi

Biz haqimizda

2019-yildan buyon 1–11-sinf oʻquvchilariga zamonaviy taʼlim beruvchi xususiy maktab: 1528 nafar oʻquvchi, 113 nafar pedagog va xalqaro darajadagi natijalar.

Ideal Study xususiy maktabi 2019-yil 10-sentabrda tashkil etilgan. Bugun maktabda 1–11-sinflarda 1528 nafar oʻquvchi tahsil oladi, jamoamiz 160 nafar xodimdan iborat.

Maktab hududining umumiy maydoni 8 050,8 m², binoning umumiy maydoni 5 343,1 m², oʻquvchi sigʻimi 1400 nafar. Darslar 08:30 dan 17:00 gacha davom etadi, oʻquvchilar kuniga 3 mahal ovqatlanadi.

Missiyamiz

Har bir oʻquvchining iqtidorini ochib, uni xalqaro darajada raqobatbardosh, bilimli va tarbiyali shaxs etib voyaga yetkazish.
1 528
Oʻquvchilar
113
Pedagoglar
160
Xodimlar
97%
Bitiruvchilar OTMga kirdi
8 050,8 m²
Hudud maydoni
675
Xalqaro va milliy sertifikat (2026)

01

Tariximiz

2019-yilda ochilgan maktabimiz qisqa vaqtda viloyatning yetakchi taʼlim maskanlaridan biriga aylandi.

Ideal Study xususiy maktabi 2019-yil 10-sentabrda oʻz eshiklarini ochdi. Maktab binosi qurilishiga 31 mlrd soʻm, jihozlash ishlariga 12,5 mlrd soʻm — jami 43,5 mlrd soʻm sarflangan.

Bugun maktabda 1528 nafar oʻquvchi tahsil oladi. 113 nafar pedagogimizdan 32 nafari oliy toifali, 31 nafari 1-toifali, 29 nafari 2-toifali; 76 nafar ustozimiz til va milliy sertifikatlarga ega.

2025-yilda bitiruvchilarimizning 100 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirdi, oʻquvchilarimiz esa Italiya, Malayziya, Indoneziya, BAA, Ozarbayjon va Qirgʻizistondagi xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

Rahbariyat

Maktabni boshqaradigan jamoa

Butun rahbariyat
Baratov Shoislom Abdug'ani o'g'li

Baratov Shoislom Abdug'ani o'g'li

Asoschi

Javokhirbek Musurmonov G'ayratjon o'g'li

Javokhirbek Musurmonov G'ayratjon o'g'li

Akademik direktor

Islomqulov To'polonbek Islomqul o'g'li

Islomqulov To'polonbek Islomqul o'g'li

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Xusanov Jasurbek Pardaboy oʻgʻli

Xusanov Jasurbek Pardaboy oʻgʻli

Xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Sariboyev Samandar Nasriddin o'g'li

Sariboyev Samandar Nasriddin o'g'li

IT bo'limi boshlig'i

Yoqubov G'ulomjon G'ayrat o'g'li

Yoqubov G'ulomjon G'ayrat o'g'li

Marketing bo'limi boshlig'i