Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi

Natijalar

Olimpiadalar, qabul va mukofotlar

Xalqaro yutuqlar

9
1-oʻrin 2023

HIPPO ingliz tili olimpiadasida jahon chempionligi

2023-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan ingliz tili boʻyicha HIPPO xalqaro olimpiadasida Nigora Toʻychiboyeva jahon chempioni boʻldi. Shu sababli olimpiadaning 2025-yildagi yarim final bosqichi Samarqandda oʻtkazildi.

Nigora Toʻychiboyeva · HIPPO

3-oʻrin 2024

SEAMO 2024 matematika olimpiadasi

Malayziyada boʻlib oʻtgan SEAMO 2024 xalqaro matematika olimpiadasida 2-sinf oʻquvchisi Iftixor Rasuljonov 3-oʻrinni egalladi.

Iftixor Rasuljonov · SEAMO 2024

3-oʻrin 2025

SEAMO 2025 matematika olimpiadasi

Indoneziyada boʻlib oʻtgan SEAMO 2025 matematika olimpiadasida 3-sinf oʻquvchisi Xondamir Komiljonov 3-oʻrinni egalladi.

Xondamir Komiljonov · SEAMO 2025

1-oʻrin 2024

Xalqaro shaxmat turniri gʻolibi

2024-yilda Ozarbayjonda oʻtkazilgan xalqaro shaxmat turnirida 5-sinf oʻquvchimiz Lazizbek Shavkatov faxrli 1-oʻrinni egalladi. Tojikistonda oʻtkazilgan Gʻarbiy Osiyo chempionatida esa standart va blits yoʻnalishlarida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Lazizbek Shavkatov

2024

ALEM CUP badiiy gimnastika turniri

2024-yilda Dubayda boʻlib oʻtgan badiiy gimnastika boʻyicha "ALEM CUP" xalqaro turnirida oʻquvchilarimiz Jasmina va Samira Normatovalar oliy oʻrinlar bilan qaytishdi.

Jasmina Normatova, Samira Normatova · ALEM CUP

1-oʻrin 2025

Mental arifmetika xalqaro olimpiadasi

2025-yilda Dubayda 9 davlat oʻrtasida oʻtkazilgan nufuzli mental arifmetika olimpiadasida 4 nafar oʻquvchimiz qatnashib, 2 ta oliy va 2 ta 1-oʻrinni olib kelishdi.

1-oʻrin 2026

"Bishkek Open" karate turniri

2026-yil 22–27-fevral kunlari Bishkekda karate WKF boʻyicha barcha yosh toifalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Bishkek Open" ochiq turnirida Amalbek Islomov 1-oʻrinni, Imronbek Nematov faxrli 3-oʻrinni egalladi.

Amalbek Islomov, Imronbek Nematov · Bishkek Open

GOLD , SILVER , BRONZA , HONOR 2026

🏆 **FERMAT MATHEMATICAL OLYMPIAD 2026–2027**

IDEAL STUDY o‘quvchilari olimpiadaning milliy bosqichida ajoyib natijalarni qayd etishdi! **42 nafar o‘quvchimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi!** 🥇 2 ta oltin medal 🥈 7 ta kumush medal 🥉 18 ta bronza medal 🏅 15 ta Merit mukofoti 👏 Barcha o‘quvchilarimiz, ustozlarimiz va ota-onalarimizni ushbu natijalar bilan tabriklaymiz! **IDEAL STUDY — CHAMPIONS SCHOOL!**

Ideal study xususiy maktabi

2-o'rin 2026

IDEAL STUDY ÖQUVÇISI GERMANIYADA 25 TA DAVLAT VAKILLARI ORASIDA 2-ÖRINNI EGALLADI!

IDEAL STUDY xususiy maktabi öquvçisi Abdulloh Sahobbiddinov Germaniyada ötkazilgan xalqaro Einstein olimpiadasida munosib iştirok etib, 25 ta davlat vakillari orasida faxrli 2-örinni qölga kiritdi! 🏆 Uşbu yutuq bilan çeklanib qolmagan Abdulloh Amerika Qöşma Ştatlariga boriş uchun ham yöllanmani qölga kiritdi! Sönggi kunlarda maktabimizda quvonçli yangiliklar va yuqori natijalar birin-ketin e’lon qilinmoqda. Bularning barçasi — bilimli va maqsadli öquvçilarimiz, fidoyi ustozlarimiz mehnati hamda ta’lim sifatiga qaratilgan tizimli yondaşuv samarasi. Abdullohni, uning ota-onasi va ustozlarini uşbu xalqaro muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Abdulloh Sahobbiddinov · Ideal study xususiy maktabi

Nufuzli maktablarga qabul

4
26

Ibn Sino maktabiga qabul qilingan oʻquvchilar

18 nafar oʻquvchimiz Ibn Sino maktabiga qabul qilindi.

15

Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan oʻquvchilar

15 nafar oʻquvchimiz Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilindi.

36

Ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga qabul

36 nafar oʻquvchimiz ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga qabul qilindi.

7

Prezident maktabiga qabul qilingan oʻquvchilar

7 nafar oʻquvchimiz Prezident maktabiga qabul qilindi.

Bitiruvchilar natijalari

2
100% 2025

Bitiruvchilarning 100 foizi OTMga kirdi

2025-yilda bitiruvchilarimizning 100 foizi (115 nafar) oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirdi va oʻrtacha 109,6 ball toʻpladi. Ulardan 92 nafari (80%) davlat, 18 nafari (16%) xususiy, 5 nafari (4%) xorijiy OTMlarda tahsil olmoqda.

15 2026

Bitiruvchilar oldindan talaba boʻlishdi

2026-yil bitiruvchilarimizdan 15 nafari maktabni tugatmasdanoq talaba boʻldi.

Xalqaro va milliy sertifikatlar

12
A+, B+ 2026

OKTABRNING ENG QUVONÇLI NATIJALARIDAN BIRI!

Milliy sertifikatning oktabr natijalari — IDEAL STUDY öquvçilaridan yana bir bomba natija! Rabbimqulov Diyorbek, 11-sinf öquvçimiz, bir vaqtning özida ikki fan böyicha yuqori natija qayd etdi: 🧪 Kimyo — A+ 🧬 Biologiya — B+ Diyorbek maktabimizning faxrli öquvçilaridan biri bölib, asosiy olimpiadalarda ham yuqori örinlarni egallab kelmoqda! Ushbu natijalarda ustozlarimiz Ismoil Xolbutayevning va Xayrullo Davlatovlarning mehnati ham alohida ahamiyatga ega. Diyorbek va ustozlarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

Rabbimqulov Diyorbek · Ideal study xususiy maktabi

30+

SAT imtihonida 1200+ ball

30 dan ziyod oʻquvchimiz SAT imtihonida 1200 balldan yuqori natija qayd etdi. 10 ga yaqin oʻquvchimiz dunyoning TOP-1000 universitetlariga qabul qilindi.

80+

IELTS 6 va undan yuqori ball

IELTS imtihonida 6 va undan yuqori ball toʻplagan oʻquvchilarimiz soni 80 dan ortiq.

20+

IT yoʻnalishidagi xalqaro sertifikatlar

IT yoʻnalishi boʻyicha 20 dan ziyod oʻquvchimiz xalqaro tan olingan sertifikat sohibi boʻldi.

48 2022

2022-yil: 48 ta xalqaro va milliy sertifikat

Eng yaxshi natija — 7-sinf, B2 daraja.

74 2023

2023-yil: 74 ta xalqaro va milliy sertifikat

Eng yaxshi natija — 7-sinf, C1 daraja.

170 2024

2024-yil: 170 ta xalqaro va milliy sertifikat

Eng yaxshi natija — 6-sinf, B2 daraja.

337 2025

2025-yil: 337 ta xalqaro va milliy sertifikat

Eng yaxshi natija — 5-sinf, B2 daraja.

214 2026

2026-yil: 214 ta xalqaro va milliy sertifikat

Eng yaxshi natija — 5-sinf, B2 daraja.

A+, A 2026

TIBBIYOT YÖNALIŞIDA YANA BIR YANGILIK!

Tibbiyot yönalişida tahsil olayotgan 11-sinf öquvçilarimiz milliy sertifikat imtihonlarida eng yuqori natijalarni qayd etişdi! 🧪 Jabborqulov Asadbek — Kimyo fanidan A daraja! 🧪 Valijonova Iqboloy — Kimyo fanidan A+ daraja! Uşbu natijalarda kimyo ustozi Ismoil Xolbutayevning mehnati alohida ahamiyatga ega, biologiya fanidan esa ustoz Ilhom Abdurahmonov öquvçilarimizning tibbiyot yönalişidagi bilim va könikmalarini mustahkamlaşga hissa qöşib kelmoqda. Öquvçilarimizni va ustozlarimizni uşbu yutuqlar bilan tabriklaymiz!

Jabborqulov Asadbek, Valijonova Iqboloy · Ideal study xususiy maktabi

1340 2026

OKTABRNING ENG BOMBA NATIJASI — SAT 1340!

🚀 Maktabimizning 11-sinf o‘quvchisi Sunnat Hamroqulov SAT xalqaro imtihonidan 1340 BALL natijani qo‘lga kiritdi! 🇺🇸 Ammo Sunnatbek uchun bu hali boshlanishi! Endi u Amerikaning TOP universitetlariga kirish uchun tayyorgarlikni boshladi! 🎯 1340 ball — erishilgan natija. Amerika universitetlari esa navbatdagi maqsad! 🚀 Sunnatbekka katta marralar sari yo‘lda omad tilaymiz!

Hamroqulov Sunnat · Ideal study xususiy maktabi

C1

Yosh bo‘lish — yuksak marralarni zabt etishga to‘siq emas: Sirdaryo viloyatida 7-sinf o‘quvchisi C1 daraja sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani Bog'iston mahallasida istiqomat qiluvchi, hozirda “Ideal Study” xususiy maktabining 7-sinfida tahsil olayotgan To‘ychiboyeva Nigora Sobirjon qizi C1 daraja sertifikatini qo‘lga kiritdi. Nigorani bu yutug‘i nafaqat uning oilasi va ustozlari, balki butun Sirdaryo yoshlari uchun ham quvonchli voqeadir. Uning erishgan natijasi yosh avlodning intilishi, izlanishi va sifatli ta’lim orqali katta marralarni zabt etish mumkinligini ko‘rsatadi. Sertifikatni topshirish marosimida Bilimni baholash agentligi mas’ul xodimi Baxtiyor Komilov hamda Agentlikning Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari Alisher Baxromovlar ishtirok etib, yosh bilim sohibasini erishgan yutug‘i bilan tabrikladilar va Nigoraga kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va bundan-da yuksak natijalar tiladilar.

To‘ychiboyeva Nigora Sobirjon qizi · Ideal study xususiy maktabi