🎯 SELL ME THIS — O‘QUVCHILAR KOMPANIYA TUZDI, MAHSULOT SOTDI!
Bu safar o‘quvchilarga tayyor topshiriqni bajarish emas, o‘z biznesini yaratish imkoniyati berildi! Ideal Study xususiy maktabida o‘quvchilarning kreativ fikrlashi, tadbirkorlik qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan SELL ME THIS — reklama bellashuvi tashkil etildi.
Ideal Study xususiy maktabida o‘quvchilar tushlik vaqtida yuzaga keladigan bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanib, kreativ fikrlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan SELL ME THIS — reklama bellashuvida ishtirok etishdi.
Bellashuvning birinchi bosqichida jamoalar o‘z kompaniyalarini tashkil etib, ularga ajratilgan mahsulotni kreativ g‘oyalar, noodatiy taqdimot va ishonchli nutq orqali sotishga harakat qilishdi.
🎯 Bellashuvning maqsadi — o‘quvchilarda kreativ fikrlash, jamoada ishlash, tadbirkorlik tafakkuri, sahna nutqi va omma oldida erkin fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Ideal Study’da har bir imkoniyat — yangi tajriba, har bir g‘oya esa kelajak sari tashlangan qadam!