Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi

🏆 IDEAL STUDY’DA NSB SPELLING BEE OLYMPIAD MOCK TEST ISHTIROKCHILARI TAQDIRLANDI

Ideal Study xususiy maktabida xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan NSB Spelling Bee Olympiad musobaqasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan Mock Test ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Mock Test 2-, 3- va 4-sinf o‘quvchilariga xalqaro olimpiada formatidagi topshiriqlarni bajarish, ingliz tilidagi imlo ko‘nikmalarini sinash va o‘z bilimlarini baholash imkonini berdi.

Imtihon jarayoni o‘quvchilarning haqiqiy olimpiada muhitiga moslashishlari uchun maxsus tashkil etildi. Ishtirokchilar belgilangan vaqt va imtihon tartibi asosida o‘z bilimlarini namoyish etdilar.

Taqdirlash marosimida yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar e’tirof etildi. Barcha ishtirokchilar uchun esa ushbu sinov xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik yo‘lidagi muhim tajriba bo‘ldi.

📌 Muhim: Ideal Study’da har shanba kuni xalqaro ingliz tili olimpiadalariga tayyorgarlik uchun Mock Test sinovlari tashkil etiladi. Bu orqali o‘quvchilar imtihon muhitida tajriba orttirish, bilimlarini muntazam tekshirish va o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

👏 Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va kelgusi sinovlarda muvaffaqiyat tilaymiz!

Ideal Study — xalqaro marralar sari puxta tayyorgarlik!

Rasmlar

Yangiliklar

Boshqa yangiliklar