🎬 SELL ME THIS — BELLASHUVNING 2-BOSQICHI!
G‘oyani yaratish — birinchi qadam. Endi esa uni boshqalarga sotish va ishontirish vaqti!
Ideal Study xususiy maktabida o‘tkazilayotgan SELL ME THIS reklama bellashuvining ikkinchi bosqichida jamoalar o‘z mahsulotlari uchun tayyorlagan kreativ reklama chiqishlari va sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi.
🚀 Ishtirokchilar belgilangan vaqt ichida o‘z mahsulotlarini noodatiy usulda taqdim etib, ijodkorlik, aktyorlik mahorati va ishonchli nutq orqali boshqa jamoalarni ishontirishga harakat qilishdi.
🏆 Jamoalarning chiqishlari maktab rahbariyati hamda Ideal volontyorlar jamoasi tomonidan baholab borildi.
💡 Kreativlik, mahorat va jamoaviy ishlash — muvaffaqiyat kaliti!
Ideal Study’da o‘quvchilar o‘z g‘oyalarini yaratish bilan cheklanmay, ularni amalda namoyish etish, himoya qilish va boshqalarga ta’sir o‘tkazishni ham o‘rganishmoqda.