Ideal Study xususiy maktabi: Shahar olimpiadasida mutlaq yetakchilik va xalqaro darajadagi e’tirof
Bilim va intilish o‘z mevasini berishda davom etmoqda. Ideal Study xususiy maktabi o‘quvchilari fan olimpiadalarining shahar bosqichida yuqori natijalarni qayd etib, ta’lim sifatidagi yetakchiligini yana bir bor amalda isbotladilar. Bugungi kunda o‘quvchilarimizning erishayotgan yutuqlari keng jamoatchilik e’tiborini qozonib, shahrimizda ta’lim sifatining yangi standartlarini belgilamoqda.
Huquq fani bo‘yicha shahar bosqichi g‘oliblari: Mazkur yo‘nalishda o‘quvchilarimiz barcha faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, mutlaq ustunlikka erishdilar:
1-o‘rin sohiblari:
Xasanova Pokiza (9-sinf)
Saydullayev Sanjar (10-sinf)
Jo‘raboyev Muhammadali (11-sinf)
2-o‘rin sohiblari:
Jurabekova Nozima (10-sinf)
Xamdamova Dilnura (11-sinf)
Shuningdek, 10-sinf o‘quvchimiz Shaxzodayeva Shaxrizoda o‘tgan yili Huquq fanidan viloyat bosqichida mutlaq 1-o‘rinni egallagani sababli, bu yilgi shahar bosqichidan ozod etilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. O‘quvchimizga bo‘lajak bosqichda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ona tili fani natijalari:
Sangilova Zebo (9-sinf) — Ona tili fanidan shahar bosqichida 2-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Tantanali taqdirlash marosimi va maxsus rag‘batlantirish Erishilgan yuksak natijalar munosabati bilan g‘olib o‘quvchilar Ideal Study xususiy maktabi ma’muriyati tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ta’lim maskanimizda ustozlarning mehnati doimo qadrlanadi. O‘quvchilarga yuqori natijalarni taqdim etgan huquq fani o‘qituvchisi Mirjalol Abdullayevning samarali faoliyati maktab rahbariyati tomonidan alohida e’tirof etilib, unga Malayziyaga 1 haftalik bepul ta’lim sayohati vaucheri tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, Ona tili fani o‘qituvchisi Iroda Berdiqulova va barcha pedagoglar jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Ideal Study — yuqori natijalar tasodif emas, tizimli ta’lim samarasidir.