Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi
66

IDEAL STARTUP CHALLENGE 2026: Barcha startap loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi!

23-oktabr kuni IDEAL STUDY xususiy maktabida 7–9-sinf o‘quvchilari ishtirokida IDEAL STARTUP CHALLENGE 2026 startap loyihalari tanlovi bo‘lib o‘tdi.

“Haqiqiy muammo. Haqiqiy yechim.” shiori ostida tashkil etilgan tadbir o‘quvchilarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, jamiyatdagi mavjud muammolarga yechim topish va o‘z g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirishga qaratildi.

Tanlov davomida jamoalar o‘z startap g‘oyalarini ishlab chiqib, ularni taqdimotlar orqali hakamlar hay’atiga himoya qildilar. O‘quvchilar o‘zlarining kreativ yondashuvlari, muammolarni tahlil qilish qobiliyati va yangicha yechimlari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida barcha jamoalar g‘olib deb e’tirof etildi. O‘quvchilarning loyihalari maktab rahbariyatida katta qiziqish uyg‘otdi va ularning tashabbuslari yuqori baholandi. Natijada, barcha startap loyihalarini maktab tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaror qilindi.

Mazkur tashabbus o‘quvchilarga o‘z g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish, loyihalarini rivojlantirish va ularni real natijalarga aylantirish imkonini beradi.

IDEAL STARTUP CHALLENGE 2026 o‘quvchilarning tadbirkorlik salohiyati, mustaqil fikrlashi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etgan muhim tadbir bo‘ldi.

IDEAL STUDY — yoshlarning g‘oyalariga ishonadi va ularning kelajak sari tashlagan qadamlarini qo‘llab-quvvatlaydi!

Rasmlar

Yangiliklar

Boshqa yangiliklar

2

IDEAL STUDY — CAMBRIDGE BILAN XALQARO HAMKORLIK SARI!

28-oktabr kuni Toşkent shahrida IDEAL STUDY vakillari hamda Cambridge University Press & Assessment tashkilotining Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika mintaqalari böyiça rahbari Stiven King (Stephen King) örtasida muhim uçraşuv bölib ötdi. Ma'lumot uchun Mr.Stiven King O'zbekistondagi Prezident maktablari o'quv dasturlarini işlab çiqişda va amaliyotga tadbiq qilişda iştirok etgan muhim şaxslardan biridir.

Batafsil
49

Ideal Study xususiy maktabi: Shahar olimpiadasida mutlaq yetakchilik va xalqaro darajadagi e’tirof

Bilim va intilish o‘z mevasini berishda davom etmoqda. Ideal Study xususiy maktabi o‘quvchilari fan olimpiadalarining shahar bosqichida yuqori natijalarni qayd etib, ta’lim sifatidagi yetakchiligini yana bir bor amalda isbotladilar. Bugungi kunda o‘quvchilarimizning erishayotgan yutuqlari keng jamoatchilik e’tiborini qozonib, shahrimizda ta’lim sifatining yangi standartlarini belgilamoqda.

Batafsil