Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi
22

Huquq olimpiadasida Ideal Study o‘quvchilaridan yuqori natijalar

Asosiy olimpiadaning shahar bosqichida Ideal Study o‘quvchilari huquq fanidan 3 ta birinchi va 2 ta ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Asosiy olimpiadaning huquq fani bo‘yicha shahar bosqichida Ideal Study xususiy maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarni qayd etdilar. 9-, 10- va 11-sinflar o‘rtasida barcha birinchi o‘rinlar, shuningdek, 10- va 11-sinflar o‘rtasidagi ikkinchi o‘rinlar ham maktabimiz o‘quvchilariga nasib etdi.

1-o‘rin sohiblari:

  • 9-sinf — Xasanova Pokiza

  • 10-sinf — Saydullayev Sanjar

  • 11-sinf — Jo‘raboyev Muhammadali

2-o‘rin sohiblari:

  • 10-sinf — Jurabekova Nozima

  • 11-sinf — Xamdamova Dilnura

Mazkur natijalar huquq fani o‘qituvchisi Mirjalol Abdullayevning samarali mehnati, o‘quvchilarning izchil tayyorgarligi va bilimga bo‘lgan intilishlari samarasidir.

Ideal Study’da tibbiyot, aniq fanlar va huquq yo‘nalishlarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar kuchli ustozlar, tizimli ta’lim va o‘quvchilarning maqsad sari intilishi bilan chambarchas bog‘liq.

Ideal Study — yuqori natijalar tasodif emas, tizimli ta’lim samarasidir!

Rasmlar

Yangiliklar

Boshqa yangiliklar

42

Ideal Study xususiy maktabi: Shahar olimpiadasida mutlaq yetakchilik va xalqaro darajadagi e’tirof

Bilim va intilish o‘z mevasini berishda davom etmoqda. Ideal Study xususiy maktabi o‘quvchilari fan olimpiadalarining shahar bosqichida yuqori natijalarni qayd etib, ta’lim sifatidagi yetakchiligini yana bir bor amalda isbotladilar. Bugungi kunda o‘quvchilarimizning erishayotgan yutuqlari keng jamoatchilik e’tiborini qozonib, shahrimizda ta’lim sifatining yangi standartlarini belgilamoqda.

Batafsil