Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi
19

IDEAL STUDY MAKTABIDA 300 NAFARGA YAQIN O‘QUVCHI ISHTIROKIDA IDEAL TEST TASHKIL ETILDI

2026-yil 22-oktabr kuni Ideal Study xususiy maktabining 3–4-sinf o‘quvchilari uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida maxsus Ideal Test sinovi tashkil etildi. Unda 300 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.

Mazkur sinovning asosiy maqsadi o‘quvchilarni muhim imtihonlarga oldindan tayyorlash, ularga haqiqiy imtihon muhitini his qilish imkoniyatini yaratish hamda imtihon jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hayajonni yengishga ko‘maklashishdan iborat.

Test jarayoni haqiqiy imtihon tartib-qoidalariga muvofiq tashkil etildi. Bu esa o‘quvchilarga o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, imtihon sharoitiga moslashish va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi.

Shuningdek, Ideal Test sinovlarini muntazam tashkil etish va o‘quvchilarni har tomonlama tayyorlash maqsadida maktabda maxsus ichki jamoa shakllantirildi. Ushbu jamoa testlarni tashkil etish, imtihon jarayonini belgilangan tartib asosida olib borish hamda o‘quvchilarda mas’uliyat va imtihon madaniyatini shakllantirish bilan shug‘ullanadi.

Ideal Test maktabda har oy o‘tkaziladigan reyting testlaridan o‘z maqsadi bilan farq qiladi. Reyting testlari o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha bilim darajasini baholashga qaratilgan bo‘lsa, Ideal Test haqiqiy imtihon muhitini yaratish, o‘quvchilarni imtihon tartib-qoidalariga o‘rgatish, hayajonni boshqarish va psixologik tayyorgarlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ideal Study maktabida bunday sinovlarni muntazam tashkil etish orqali o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki imtihonlarga tayyorgarlik ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, yuqori natijalarga erishish uchun bilim bilan bir qatorda, imtihon sharoitida o‘zini to‘g‘ri tutish va imkoniyatlardan samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.

Rasmlar

Yangiliklar

Boshqa yangiliklar

44

Ideal Study xususiy maktabi: Shahar olimpiadasida mutlaq yetakchilik va xalqaro darajadagi e’tirof

Bilim va intilish o‘z mevasini berishda davom etmoqda. Ideal Study xususiy maktabi o‘quvchilari fan olimpiadalarining shahar bosqichida yuqori natijalarni qayd etib, ta’lim sifatidagi yetakchiligini yana bir bor amalda isbotladilar. Bugungi kunda o‘quvchilarimizning erishayotgan yutuqlari keng jamoatchilik e’tiborini qozonib, shahrimizda ta’lim sifatining yangi standartlarini belgilamoqda.

Batafsil