YUQORI NATIJALAR VA MUNOSIB E’TIROF: O‘QUVCHILAR TAQDIRLANDI!
Tadbirning ikkinchi qismida sentabr va oktabr oylari davomida xalqaro hamda mahalliy fan olimpiadalari, Milliy sertifikat, CEFR, IELTS va SAT imtihonlarida, shuningdek, sportning turli yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan Ideal Study o‘quvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zining bilim va salohiyati, tinimsiz mehnati hamda qat’iy intilishi bilan maktabimiz sharafini munosib himoya qilgan o‘quvchilar alohida e’tirof etildi.
Taqdirlash marosimining eng quvonchli lahzalaridan biri sifatida ikki nafar o‘quvchiga jami 10 million so‘mlik voucher topshirildi. Shuningdek, barcha taqdirlangan o‘quvchilar maktab rahbari Sh. Baratov tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.
Bu kabi e’tirof va rag‘batlantirishlar o‘quvchilarimizning mehnatini qadrlash, ularda yanada yuqori marralarni zabt etish ishtiyoqini kuchaytirish hamda yangi yutuqlarga ruhlantirishga xizmat qiladi.