Speaking Club: ikkinchi uchrashuv ochiq havoda tashkil etildi
IDEAL STUDY xususiy maktabida o‘quvchilarning ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Speaking Club loyihasi davom etmoqda.
Bugun loyihaning ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu galgi mashg‘ulotning o‘ziga xos jihati — ob-havoning qulayligidan foydalanib, tadbir maktab hovlisida, ochiq havoda tashkil etilganidir.
Ideal study o‘quvchilari ingliz tilida suhbatlashish, turli mavzularda o‘z fikrlarini bildirish va kundalik muloqotda kerak bo‘ladigan so‘z hamda iboralarni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Uchrashuv davomida:
• Ingliz tilida erkin suhbatlar tashkil etildi;
• O‘quvchilar o‘z fikrlarini ingliz tilida ifodalashdi;
• Muloqot orqali nutqiy ko‘nikmalar mustahkamlandi;
• Qiziqarli mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning faolligi oshirildi.
Speaking Club loyihasining asosiy maqsadi — o‘quvchilarda ingliz tilida gapirishga bo‘lgan ishonchni shakllantirish, ularni tilni amaliyotda qo‘llashga rag‘batlantirish va erkin muloqot muhitini yaratish.
Chunki til o‘rganishning eng yaxshi usullaridan biri — undan foydalanish!
Don’t be afraid to make mistakes. Be afraid not to speak!
IDEAL STUDY — Biz faqat o‘qimaymiz. Biz rivojlanamiz!