🧠 IDEAL STUDY BRAIN BATTLE 2026: BILIM, MANTIQ VA JAMOAVIYLIK BELLASHUVI!
IDEAL STUDY xususiy maktabida 5–9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida BRAIN BATTLE — intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
Musobaqa davomida o‘quvchilar 4 ta yo‘nalish — mantiqiy fikrlash, matematika, tabiiy fanlar hamda umumiy bilimlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Bellashuv jarayonida jamoalar nafaqat bilimdonlik, balki tezkor fikrlash, mantiqiy yondashuv va o‘zaro hamjihatlikni ham namoyon etdilar.
🤝 Tadbirning tashkiliy jarayonlarida maktabimiz volontyorlari ham faol ishtirok etib, musobaqa davomida nazoratchi sifatida o‘z vazifalarini mas'uliyat bilan bajardilar.
IDEAL STUDY — bilim, tafakkur va salohiyat rivojlanadigan maskan! 🧠