O'qituvchi
Xurshid Xudoyberdiyev
Prezident maktabiga tayyorlov o‘qituvchisi
SHAXSIY MA’LUMOTLAR
Tug‘ilgan sanasi va joyi: 2000-yil 31-yanvar, Jizzax viloyati, Zomin tumani.
Ma’lumoti: Oliy. 2024-yilda Toshkent davlat transport universitetini tamomlagan.
Mutaxassisligi: Tashishlarni tashkil etish va boshqarish, transport logistikasi.
MEHNAT FAOLIYATI
2020–2024-yillar — Toshkent davlat transport universiteti talabasi. Shu bilan birga, matematika fani hamda Prezident maktablariga tayyorlov ustozi sifatida faoliyat yuritgan.
2024–2025-yillar — “Toshkent metropoliteni” AJning ishlab chiqarish-texnik bo‘limida I toifali muhandis.
2025–2026-yillar — “Toshkent metropoliteni” AJda bekat boshlig‘i vazifasini bajaruvchi.
2026-yil 1-avgustdan hozirgi vaqtga qadar — “IDEAL STUDY” xususiy maktabida Prezident maktablariga tayyorlov ustozi.
YUTUQLAR VA NATIJALAR
2014 va 2015-yillar — matematika fani bo‘yicha viloyat bosqichi g‘olibi.
2022-yil — Toshkent davlat transport universitetida talabalar o‘rtasida tashkil etilgan oliy matematika fanidan tanlovda I o‘rin sohibi.
O‘QUVCHILAR NATIJALARI
2020–2024-yillar davomida:
Oliy ta’lim muassasalariga 30 nafardan ortiq o‘quvchi kirishiga erishilgan.
Tuman va shahar ixtisoslashtirilgan maktablariga 30 nafardan ortiq o‘quvchi qabul qilingan.