Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi
Abduqodirov Abdujalil Abdusalom o'g'li

Ish boshqaruvchi

Abduqodirov Abdujalil Abdusalom o'g'li

Tug‘ilgan vaqti va joyi: 1991-yil 18-yanvarda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti: Oliy. 2016-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI

  • 2010–2011-yillar — Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Yangiobod qishloq fuqarolar yig‘inidagi “O‘rol” fermer xo‘jaligida hisobchi.

  • 2011–2012-yillar — Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 55529-harbiy qismda harbiy xizmat.

  • 2012–2016-yillar — Guliston davlat universiteti talabasi.

  • 2016–2018-yillar — Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 16-son umumta’lim maktabida yetakchi.

  • 2018–2019-yillar — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani bo‘limi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va ta’minotini nazorat qilish sho‘basida katta inspektor.

  • 2019-yil — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.

  • 2019–2020-yillar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tashkiliy-nazorat va tahlil bo‘limida inspektor.

  • 2020–2023-yillar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tashkiliy-nazorat va tahlil bo‘limida katta inspektor.

  • 2023-yildan — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi axborot-tahlil, ijro intizomi, ma’muriy amaliyot va murojaatlar bilan ishlash sho‘basida yetakchi mutaxassis.

  • 2023-2025-yil — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi davlat muassasasida ma’muriy amaliyot bo‘yicha bosh mutaxassis.

  • 2025-yil 2-sentabrdan — Ideal Study xususiy maktabida ish boshqaruvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.