Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi
63

SIRDARYO TA’LIMI TARIXIDA YANGI SAHIFA: IDEAL STUDY — CAMBRIDGE’DA!

Bu safargi manzil oddiy emas. Bu — jahon ta’limi, ilm-fan va akademik an’analarning eng nufuzli markazlaridan biri — Buyuk Britaniyaning Cambridge shahri!

Ayni kunlarda IDEAL STUDY asoschisi va akademik direktori University of Cambridge vakillarining taklifiga binoan Angliyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida rasmiy muzokaralar oldidan universitet vakillari bilan tanishuv uchrashuvlari tashkil etildi. Unda xalqaro ta’lim tajribasi, zamonaviy akademik yondashuvlar va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan dastlabki muloqotlar olib borildi.

Mazkur tashrif IDEAL STUDY oldiga qo‘ygan strategik maqsadlar yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Asosiy maqsad — Sirdaryo viloyatida xalqaro maktab maqomiga ega bo‘lish, ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish hamda hudud ta’lim tizimini jahon miqyosidagi imkoniyatlar bilan bog‘lash.

Biz uchun Cambridge’ga tashrif — shunchaki safar emas, balki Sirdaryo ta’limi kelajagi uchun yangi imkoniyatlar sari tashlangan muhim qadamdir.

Bu hali boshlanishi. Oldinda muhim uchrashuvlar, yangi imkoniyatlar va katta yangiliklar kutmoqda!

IDEAL STUDY — mahalliy imkoniyatlardan xalqaro marralar sari!

Rasmlar

Yangiliklar

Boshqa yangiliklar