IDEAL STUDY’DA YUQORI NATIJALARGA ERISHGAN O‘QUVCHILAR 50 MILLION SO‘MGACHA MUKOFOTLANADI!
Tadbir yakunida maktab asoschisi Sh. Baratov tomonidan o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar, rag‘batlantirish dasturlari va mukofotlash tizimlari e’lon qilindi.
Yangi tartibga ko‘ra, endilikda o‘quvchilarning ta’lim va xalqaro imtihonlardagi natijalariga qarab 50 million so‘mgacha bo‘lgan mukofotlar, ta’lim sayohatlari, qimmatbaho sovg‘alar hamda turli grantlar taqdim etiladi.
SAT VA OTMGA KIRISH IMTIHONLARI UCHUN YANGI MUKOFOTLAR
Maktab asoschisi Sh. Baratov tomonidan o‘quvchilarni xalqaro ta’lim standartlari asosida yuqori natijalarga erishishga undash maqsadida SAT hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun quyidagi rag‘batlantirish tartibi belgilandi:
SAT 1200+ — 33 000 000 so‘mlik vaucher va maxsus sovg‘a;
SAT 1400+ — 33 000 000 so‘mlik vaucher va 500 000 so‘m pul mukofoti;
SAT 1500+ — 33 000 000 so‘mlik vaucher va 1 000 000 so‘m pul mukofoti;
SAT 1550+ — 33 000 000 so‘mlik vaucher va 2 000 000 so‘m pul mukofoti;
OTMga kirish imtihonida 189 ball — 33 000 000 so‘mlik vaucher va 500 000 so‘m pul mukofoti.
Shuningdek, SAT imtihonida yuqori natija ko‘rsatib, xalqaro TOP-1000 talik universitetlardan biriga qabul qilingan o‘quvchiga aviachipta xarajatlari uchun bir martalik 5 000 000 so‘m miqdorida qo‘shimcha mukofot beriladi.
IELTS NATIJALARI UCHUN HAM MAXSUS RAG‘BATLANTIRISH!
O‘quvchilarning ingliz tilini xalqaro darajada o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida IELTS imtihoni uchun ham alohida mukofotlar joriy etildi.
Belgilangan tartibga ko‘ra:
IELTS 6.5–7.0 — diplom va maxsus sovg‘a;
IELTS 7.5 — 300 000 so‘m pul mukofoti;
IELTS 8.0 — 500 000 so‘m pul mukofoti;
IELTS 8.5–9.0 — 1 000 000 so‘m pul mukofoti.
Mazkur yangi rag‘batlantirish tizimi o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishishini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning kelajakdagi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Ideal Study’da yuqori natija nafaqat e’tirof etiladi, balki munosib rag‘batlantiriladi!