🎙 IDEAL STUDY SPEAKING CLUB: BIRINCHI UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI!
Ingliz tilini o‘rganish — bu faqat grammatika va yangi so‘zlarni yodlash emas. Eng muhimi — o‘rgangan bilimlaringizni amalda qo‘llash va o‘z fikringizni erkin ifodalash!
Bugun Ideal Study xususiy maktabida Speaking Club loyihasining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 7–8–9-sinf o‘quvchilari ingliz tilida muloqot qilish, turli mavzularda fikr almashish va o‘z nutqiy ko‘nikmalarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
💬 Uchrashuv davomida:
Qiziqarli mavzularda ingliz tilida suhbatlar;
Interaktiv o‘yinlar va munozaralar;
Yangi so‘z va iboralarni amalda qo‘llash;
Erkin va ishonchli muloqot qilish mashqlari tashkil etildi.
📌 Bu hali boshlanishi! Speaking Club uchrashuvlari har hafta muntazam tashkil etiladi. Kelgusida A2 darajasidagi o‘quvchilar uchun ham alohida imkoniyatlar yaratiladi.
Bizning maqsadimiz — o‘quvchilarimizga ingliz tilini nafaqat o‘rgatish, balki undan hayotda bemalol foydalanish imkonini berish!
Don't be afraid to make mistakes. Be afraid not to speak! 🎤
IDEAL STUDY — Biz faqat o‘qimaymiz. Biz rivojlanamiz!