Asosiy mazmunga oʻtish
Ideal Study xususiy maktabi
34

IDEAL STUDY MAKTABIDA 1–9-SINF O‘QUVCHILARI ISHTIROKIDA UMUMIY YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI!

Bugun Ideal Study xususiy maktabida 1–9-sinf o‘quvchilari ishtirokida navbatdagi umumiy yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida maktabning so‘nggi ikki oylik faoliyati sarhisob qilinib, o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki, erishgan yutuqlari va ko‘rsatgan natijalari atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, o‘zining faolligi, intizomi, tashabbuskorligi hamda yuqori akademik natijalari bilan ajralib turgan o‘quvchilar alohida e’tirof etilib, munosib ravishda taqdirlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda maktab hayotidagi muhim yangiliklar, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va o‘quvchilar uchun rejalashtirilgan yangi loyihalar haqida ma’lumot berildi. Kelgusi davr uchun belgilangan maqsad va rejalar bilan tanishtirilib, o‘quvchilar oldida turgan yangi vazifalar hamda imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur yig‘ilish nafaqat o‘tgan davr natijalarini sarhisob qilish, balki o‘quvchilarni yanada yuqori marralar sari ruhlantirish, ularda mas’uliyat, intilish va jamoaviylik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Ideal Study — har bir yutuq qadrlanadigan, har bir maqsad qo‘llab-quvvatlanadigan maskan!

Rasmlar

Yangiliklar

Boshqa yangiliklar