2-FILIALDA 10–11-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN UMUMIY YIG‘ILISH VA TAQDIRLASH MAROSIMI TASHKIL ETILDI!
Shuningdek, tushlikdan so‘ng Ideal Study maktabining 2-filialida 10–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida umumiy yig‘ilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yuqori akademik natijalarga erishayotgan, o‘z ustida muntazam ishlayotgan va bilim olish yo‘lida alohida faollik ko‘rsatayotgan o‘quvchilarning yutuqlari e’tirof etildi.
Taqdirlash marosimining eng muhim voqealaridan biri — muddatidan oldin maksimal 189 ball natijaga erishgan yana ikki nafar o‘quvchimizga jami 33 million so‘mlik voucherlarning tantanali ravishda topshirilishi bo‘ldi.
Bu kabi rag‘batlantirishlar o‘quvchilarimizning bilimga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib qadrlash va yanada yuksak natijalar sari ruhlantirishning muhim ifodasidir.
Bu — shunchaki mukofot emas, balki mehnat, bilim va qat’iy intilishning munosib e’tirofidir!